


Ayni daqiqalarda Buxoro davlat pedagogika institutida biologiya fanining bugungi holati va istiqboldagi rivojiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i asosida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi tomonidan “Biologiya fanini rivojlantirishda zamonaviy tadqiqotlar: muammolar, istiqbolli yechimlar” mavzusida tashkil etilgan.
Muhokama markazida:
biologiya fanining dolzarb muammolari
zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlar
ilmiy natijalarni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari
istiqbolli ilmiy yechimlar
Anjumanda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar hamda yosh tadqiqotchilar faol ishtirok etmoqda. Ilmiy ma’ruzalar, qizg‘in bahs-munozaralar va tajriba almashuv jarayonlari davom etmoqda.
Mazkur anjuman ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi g‘oyalarni ilgari surish va biologiya fanining rivojiga xizmat qiluvchi innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.