shape
shape

Yuksak e’tirof muborak!

Event Image

Yuksak e’tirof muborak!

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Mentor Art” tasviriy san’at ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli tanlov ijodkor mentor-o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, badiiy tafakkuri hamda san’at sohasidagi ijodiy salohiyatini namoyon etuvchi muhim maydonga aylandi. Tanlov davomida rangtasvir, grafika, kompozitsiya va zamonaviy san’at yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistratura talabasi Davlatova Aziza Hamroqulovna faxrli 1-darajali diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.