Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida talabalar uchun qulayliklar!

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida talabalar uchun qulayliklar!
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida talabalar uchun qulayliklar!

    Buxoro davlat pedagogika institutida talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning huquqiy hamda akademik masalalar bo‘yicha murojaatlarini tezkor va samarali hal etish maqsadida tashkil etilgan “Registrator ofisi” bugungi kunda ham faoliyatini izchil davom ettirmoqda. 

    Ushbu “Registrator ofisi” maqsadi – institut talabalariga o‘quv jarayoni, huquqiy masalalar va boshqa muhim sohalar yuzasidan zarur maslahatlar berish, ularning murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va hal qilishdir. 

✔️ Registrator ofisi qanday yordam beradi?
🔴 Talabalarning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
🔴 Akademik huquq va majburiyatlarga oid savollarga javob beradi.
🔴 Turli hujjatlar rasmiylashtirilishida ko‘maklashadi.
🔴 Talabalar va ma’muriyat o‘rtasida samarali muloqot ko‘prigi vazifasini bajaradi.
🔴 Eng asosiysi, talabalarning fikrlari muntazam tinglanib, ularga yetarlicha maslahat va yo‘l-yo‘riqlar berib boriladi.

☄️ Bugungi kunda “Registrator ofisi” institut talabalari uchun haqiqiy ishonch maskaniga aylanib, ularning o‘qish va faoliyat jarayonida duch kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etishda muhim rol o‘ynamoqda. 

 🙂 Siz ham zarurat tug‘ilganda, murojaat qiling va tezkor xizmatlardan foydalaning!