Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

BuxDPI yoshlarining navbatdagi tashabbusi

  • Bosh sahifa
  • BuxDPI yoshlarining navbatdagi tashabbusi
Event Image

BuxDPI yoshlarining navbatdagi tashabbusi

     2026-yil 13–14-mart kunlari respublika bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

🔊 Mazkur tashabbus doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari hamda volontyor talabalar Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti birgalikda institut hududida plogging ekologik aksiyasi tashkil etildi.

❕ Aksiya davomida talabalar institut hududi, yo‘laklar va yashil maydonlarni tozalab, chiqindilarni yig‘ishdi. Tadbir orqali yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatni asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsad qilindi.

❕ Ushbu tashabbus hududning yanada toza va obod bo‘lishiga xizmat qilish bilan birga yoshlar o‘rtasida jamoaviylik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamladi.