Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Prezident Murojaatnomasi — 2026-yil islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari muhokama markazida

  • Bosh sahifa
  • Prezident Murojaatnomasi — 2026-yil islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari muhokama markazida
Event Image

Prezident Murojaatnomasi — 2026-yil islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari muhokama markazida

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi keng jamoatchilikka taqdim etildi. Mazkur Murojaatnomada Davlatimiz Rahbari soʻnggi 9 yil davomida yurtimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida erishilgan muhim yutuqlarni atroflicha tahlil qilib, 2026-yilda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarni aniq va ravshan belgilab berdilar. Ushbu vazifalar mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, inson manfaatlarini ta’minlash, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

☄️✅ Mazkur seminarda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Umedjanova soʻzga chiqib, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, 2026-yil mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini rivojlantirishda tub burilish yili bo‘lishini alohida qayd etdi. Shuningdek, amalga oshiriladigan keng koʻlamli islohotlarning muvaffaqiyati, avvalo, pedagoglar, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlarining fidokorona mehnati, mas’uliyati va faol fuqarolik pozitsiyasiga bevosita bogʻliqligini ta’kidladi. U oʻz nutqida ta’lim muassasalarida yoshlarni vatanparvarlik, ma’naviy yetuklik va zamonaviy bilimlar ruhida tarbiyalashda pedagoglarning oʻrni beqiyos ekanini alohida urgʻulab oʻtdi.

    Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi yuzasidan taqdimot namoyish etilib, unda Murojaatnomaning asosiy yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari batafsil yoritib berildi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan Murojaatnomada belgilangan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ta’lim va ma’naviyat sohasida ularni samarali amalga oshirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.

    Seminar yakunida Prezidentimizning: “Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman!” — degan ilhomlantiruvchi soʻzlari yana bir bor eslatilib, ushbu ezgu gʻoyalar seminar ishtirokchilari faoliyatiga kuchli ruhiy turtki berdi.