Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

BuxDPIda “BuxDPI Ayollar sport klubi” tashabbusi bilan navbatdagi sport tadbiri o‘tkazildi

  • Bosh sahifa
  • BuxDPIda “BuxDPI Ayollar sport klubi” tashabbusi bilan navbatdagi sport tadbiri o‘tkazildi
Event Image

BuxDPIda “BuxDPI Ayollar sport klubi” tashabbusi bilan navbatdagi sport tadbiri o‘tkazildi

    Buxoro davlat pedagogika institutida “BuxDPI Ayollar sport klubi” tomonidan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ayol professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida do‘stona va hamjihat muhitni yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi.

    Mazkur sport uchrashuvi ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda o‘tdi. Ishtirokchilar turli sport mashqlari va jamoaviy bellashuvlarda faol qatnashib, nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki o‘zaro hamkorlik va jamoaviylikni kuchaytirishga ham erishdilar.

    Sport – nafaqat sog‘liq garovi, balki ijobiy muhit, ko‘tarinki kayfiyat va samarali mehnat omili ekanligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. “BuxDPI Ayollar sport klubi” tomonidan o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar institut jamoasida sog‘lom raqobat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

    Institutda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.