


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-fevraldagi 05/15-867-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika institutida yopiq profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbir institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, ta’lim jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda kasbiy etika me’yorlariga qat’iy rioya etish masalalari bo'yicha.
Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, fakultet va bo‘lim rahbarlari, shuningdek, erkak xodimlar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ta’lim jarayonida pedagoglarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi, talabalar bilan munosabatlarda professional mas’uliyat va pedagogik taktga amal qilishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Muhokamalar jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Pedagog kasbiy etikasi, ta’lim jarayonida odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, xizmat vazifasini sidqidildan va halollik bilan bajarish masalalari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.
🔹 Talaba-qizlar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishlari, ularning oldini olish mexanizmlari hamda bunday holatlarning huquqiy oqibatlari haqida mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirish berildi.
🔹 Erkak xodimlarning bu boradagi mas’uliyati, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishdagi o‘rni va shaxsiy javobgarligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🔹 Ta’lim muassasasida ochiqlik, o‘zaro hurmat va qonun ustuvorligi tamoyillariga asoslangan ish tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Tadbir yakunida bunday profilaktik suhbatlar pedagoglarning huquqiy savodxonligini oshirish, kasbiy etika qoidalarini mustahkamlash, shuningdek, institut hududida xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.