shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda

    Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.

     Musobaqa doirasida Regbi-7 sport turi bo‘yicha qizlar jamoalari o‘rtasida qiziqarli va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi.

 Natijalar:
1 -o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti
2-o‘rin — Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
3 -o‘rin — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti

    G‘olib va sovrindor jamoalarni muborakbod etamiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!