


Xalqaro uchrashuv doirasida eng muhim natijalardan biri sifatida “Developing Future Leaders of Inclusive English Language Learning in Central Asia” nomli strategik hamkorlik memorandumi institut rektori — Bahodir Maʼmurov Baxshulloyevich hamda professor Simon Thompson tomonidan tantanali ravishda imzolandi.
📚 Mazkur memorandum ikki tomonlama akademik aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ilmiy hamkorlikni tizimli asosda rivojlantirishga xizmat qiladi. Hujjat doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro grant loyihalarida hamkorlikda ishtirok etish hamda zamonaviy, integratsiyalashgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Memorandumning maqsadi:
-ikki oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida akademik tadqiqot hamda taʼlimda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash;
- qoʻshma tadqiqot mashgʻulotlarini oʻqituvchilar, doktorantlar hamda tayanch doktorantlar oʻrtasida rivojlantirish;
- akademik loyihalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
- ikki tashkilot oʻrtasida talaba almashinuv va tashrif dasturlarini tashkillashtirish;
- pedagoglarlar tajriba almashuv loyihalarini taʼminlash;
- har ikkala tomon uchun foydali boʻladigan tadqiqot va oʻqitish natijalarini uzluksiz boʻlishishdan iborat boʻldi.
👥 Ushbu kelishuv nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki inkluziv pedagogika yo‘nalishida innovatsion ilmiy maktab shakllanishi, mintaqaviy tajriba almashinuvi va global akademik hamjamiyat bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilishiga zamin yaratadi. Strategik hamkorlik natijasida bo‘lajak pedagoglar uchun xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari yanada kengayadi.