


Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Kafedra kuni” doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari kafedra mudiri A. Barotov boshchiligida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldilar.
🤝 Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar bilan ularning yashash sharoitlari, o‘quv jarayonidagi muammolari, kundalik ehtiyojlari hamda takliflari atroflicha muhokama qilindi. Talabalarning fikr-mulohazalari diqqat bilan tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📚 12-yanvar — o‘qish jarayonining qayta boshlanganligi munosabati bilan talabalar tabriklanib, ularga bilim olish yo‘lida yuqori natijalarga erishish, izlanishdan to‘xtamaslik va faol talabalik hayoti tilandi.
💻 Shuningdek, yakuniy nazorat jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, baholash mezonlari va mas’uliyat masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarni Biologiya kafedrasi huzurida faoliyat yuritayotgan ilmiy va amaliy to‘garaklarga jalb etish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
📎 Mazkur uchrashuv talabalarning muammolarini joyida o‘rganish, ular bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.