


☄️ ✅ Buxoro davlat pedagogika institutida Viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Artikova Hafiza Toymurodovna hamda Buxoro shahar IIB xodimlari ishtirokida yoshlar tarbiyasi va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
🔊 Tadbir davomida Hafiza Toymurodovna va IIBning mas’ul xodimlari talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, quyidagi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berishdi:
🔴jinoyatchilikning oldini olish,
🔴erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari,
🔴tazyiq va zo‘ravonlikning turlari,
🔴himoya orderi va uning mohiyati.
📌 Uchrashuv yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, psixologik savodxonligini rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qildi.