


Bugun, 27-mart kuni Buxoro davlat pedagogika institutining faxriy professori, Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti rektori Janar Temirbekova institutga rasmiy tashrif bilan keldi.
Tashrif davomida Janar Temirbekova kimyo, biologiya laboratoriya xonalarida olib borilayotgan amaliy mashgʻulotlar, ilmiy loyihalar boʻyicha qilinayotgan ishlar samaradorligi, institutning yangi va zamonaviy kutubxonasi, talabalar uchun xizmat qilayotgan Registrator ofisi faoliyati, raqamli texnologiyalar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yoʻnalishlar boʻyicha ikki oliygoh oʻrtasida amalga oshirish mumkin boʻlgan istiqbolli rejalar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Qayd etish kerakki, Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti dunyoning Top 1000 universitetlari QS reytingida 761-oʻrinda turuvchi nufuzli universitet boʻlib, Turkiya Respublikasi Anqara shahrida va Qozogʻiston Respublikasining Turkiston shahrida joylashgan katta kampuslari mavjud.