Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yoshlar kuni munosabati bilan Zulfiya mukofoti sohibasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Yoshlar kuni munosabati bilan Zulfiya mukofoti sohibasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Event Image

Yoshlar kuni munosabati bilan Zulfiya mukofoti sohibasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Buxoro davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Unda institut rektori Bahodir Ma’murov kuni kecha nufuzli “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan iqtidorli talaba Ergashova Mehriniso Husniddin qizi bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida rektor Mehriniso Ergashovani ushbu yuksak yutug‘i bilan yana bir bor samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida unga inson kamoloti uchun muhim bo‘lgan kitob to‘plamlari sovg‘a qilindi.

    Tadbir doirasida institutning faol talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati ham tashkil etildi. Suhbat jarayonida Mehriniso Ergashova “Zulfiya” mukofotiga erishish yo‘lida olib borgan ilmiy izlanishlari, o‘qish jarayonidagi intilishi, ustozlarining qo‘llab-quvvatlashi hamda yoshlar uchun muhim bo‘lgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

    Davra suhbati talaba-qizlar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi hamda kelgusida yuksak marralarni zabt etish uchun zarur bo‘lgan maslahat va tavsiyalarni oldilar.

    Mazkur uchrashuv yoshlarni ilm-fan va ijodga yanada ruhlantirish, iqtidorli talabalarning yutuqlarini keng targ‘ib qilish hamda ular uchun ibratli tajribalar almashinuvi maydonini yaratish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.