shape
shape

Bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi

  • Bosh sahifa
  • Bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi
Event Image

Bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi

Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida bitiruvchi kurs talabalari uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali pedagog kadrlarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda mas’ul tashkilot vakillari tomonidan bitiruvchi talabalarga pedagogik faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish, ishga joylashish jarayonlari, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy kompetensiyalar, kommunikativ ko‘nikmalar va innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, pedagog kasbining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati, yosh mutaxassislardan talab etilayotgan zamonaviy bilim va malakalar xususida ham atroflicha fikr almashildi. “Karyera kuni” doirasida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar. Uchrashuvlarda yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatga moslashtirish, pedagogik tajribalar bilan tanishtirish hamda istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida talabalarga mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlash, xorijiy tillarni o‘rganish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur “Karyera kuni” talaba-yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratish, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish hamda malakali, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan pedagog kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.