shape
shape

BuxDPIda sport rivoji yo‘lida muhim uchrashuv va memorandum imzolandi

  • Bosh sahifa
  • BuxDPIda sport rivoji yo‘lida muhim uchrashuv va memorandum imzolandi
Event Image

BuxDPIda sport rivoji yo‘lida muhim uchrashuv va memorandum imzolandi

Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida institut rektori Bahodir Ma’murov boshchiligida hamda Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Najmiddinov va Buxoro viloyatidagi sport federatsiyalari vakillari ishtirokida mazmunli uchrashuv hamda keng qamrovli tanishuv tadbiri tashkil etildi.
Mazkur jarayon doirasida Buxoro viloyatidagi 20 ta sport federatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida qo‘shma loyihalar, musobaqalar va sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni professional sportga yo‘naltirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Tashrif davomida mehmonlar fakultetda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, basketbol, futbol, gandbol, tennis, regbi va voleybol maydonlari, ularning texnik holati hamda talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Sport inshootlarining zamonaviy talablarga mosligi, yoshlarning jismoniy rivoji va professional sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tashrif doirasida fakultet hududida joylashgan axborot-resurs markazi hamda talabalar turar joylari bilan ham tanishilib, u yerda yaratilgan sharoitlar, ta’lim olish va yashash muhitining qulayligi yuqori baholandi.
Mehmonlar institutning boshqa hududlarida ham bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, zamonaviy o‘quv jarayoni, axborot-resurs markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifati va talaba-yoshlarga yaratilayotgan e’tibor yuqori darajada ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida sport sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ommaviy sportni keng targ‘ib etish hamda zamonaviy infratuzilmadan samarali foydalanishga qaratilgan muhim Hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv kelgusida qo‘shma loyihalar, musobaqalar va sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga mustahkam zamin yaratadi.