


Millat kutubxonasi 2020-yilda ochilgan dunyoning eng katta kutubxonalaridan biri. Kutubxonaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Toyyib Erdoʻgʻan ishtirok etgan. Kutubxonada 133 millionga yaqin nashr fondi, 5 milliondan ortiq nodir qoʻlyozma asarlar mavjud. Kutubxona 24 soat ishlaydi, dissertatsiyalar boʻlimi, bolalar uchun boʻlim, qoʻlyozmalar va elektron kitoblar boʻlimi faoliyati e’tiborni tortadi.
Institut delegatsiyasini Millat kutubxonasi boshligʻi oʻrinbosari Berk Bey kutib oldi va kutubxonaning bolalar boʻlimi, Jahonnoma boʻlimi, fikr almashish zali, nodir qoʻlyozmalar, kitoblar saqlanadigan boʻlimlari bilan tanishtirdi.