Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

PhD va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonga qabul boshlandi

  • Bosh sahifa
  • PhD va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonga qabul boshlandi
Event Image

PhD va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonga qabul boshlandi

    Buxoro davlat pedagogika institutida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi va 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida faoliyat yuritayotgan tayanch doktorantlar (PhD) hamda mustaqil izlanuvchilar uchun  malakaviy imtihonga qabul jarayoni boshlandi.

✅ Malakaviy imtihon uchun talab qilinadigani hujjatlar:
1. Ariza
2. Yo'llanma xat
3. Passport yoki ID karta
4. Diplom (magistr darajasi)
5.  Dissertatsiya mavzusining "OAK Byullitenida" e'lon qilinganligi yoki kengashda tasdiqlanganidan nusxa
6. Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida elektron shaklda ma'lumot word variantida

🏪 Hujjatlar 2026-yil 10-fevraldan - 2026-yil 15-fevral soat 23:59 ga qadar t.me/BuxDPI_malakaviy_imtihon telegrami orqali qabul qilinadi. 
 📞 Ro'yxatdan o‘tish jarayonida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha Registrator ofisi Call markazi (65) 226-10-97 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.