Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida rektor oldi yig‘ilishi o‘tkazildi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida rektor oldi yig‘ilishi o‘tkazildi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida rektor oldi yig‘ilishi o‘tkazildi

        Buxoro davlat pedagogika institutida rektor rahbarligida navbatdagi rektor oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.Yig‘ilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, institutda “Yoshlar balansi” to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, Aniq fanlar pedagogika oliy maktabining joylashuvi va uning moddiy-texnik ta’minoti, hamda institutda Transformatsiya bo‘limini tashkil etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.Yig‘ilish davomida institutda 2026-yil 25-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Xalqaro kongress”ga tayyorgarlik ishlari muhokama qilinib, tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala — institutda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda “Komplaens nazorat”ni tashkil etish bo‘limi faoliyati bo‘yicha hisobot tinglandi.Bundan tashqari, 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar tahlil qilindi.Yig‘ilish yakunida institutda ijro intizomi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari hamda vazirlik topshiriqlarining ijrosi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.