Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi delegatsiya Sabahattin Zaim universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi delegatsiya Sabahattin Zaim universitetiga rasmiy tashrif buyurdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi delegatsiya Sabahattin Zaim universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

    Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Sabahattin Zaim universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Memorandum doirasida kelishilgan yo‘nalishlar:
    Professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish;
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim, pedagogika, tillar, inklyuziv ta’lim, tasviriy sanʼat, arxitektura, dizayn, sport yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
Magistratura va doktorantura  uchun qo‘shma ilmiy rahbarlikni joriy qilish;
Magistratura yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish.

    Universitet muhiti, laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishib, tajriba almashishdi.

    Ushbu tashrif ikki tomonlama ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

    Sabahattin Zaim universiteti Turkiyadagi mashhur universitetlardan biri. 9000 dan ortiq talabalar tahsil oladigan mazkur universitetda 78 nafar oʻzbekistonlik talabalar turli yoʻnalishlarda oʻqishadi. Universitetda Erasmus+ dasturlari boʻyicha 50 ga yaqin dunyo universitetlari bilan loyihalar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat pedagogika instituti bilan pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.