Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Tyutorlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminar

  • Bosh sahifa
  • Tyutorlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminar
Event Image

Tyutorlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminar

    Buxoro davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili qishgi ta’til davrida tyutorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

✅ Mazkur tadbir Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Umedjanova Malika Lukmanovna  boshchiligida o‘tkazildi. Seminarda “Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash. Gender siyosati” mavzulari keng muhokama qilindi.

📚 Seminar jarayonida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Vazira Sadullayeva hamda institut profilaktika inspektori Jonibek Ibodov tomonidan mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Unda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda tyutorlarning tarbiyaviy ta’siri, profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, muammoli holatlarni barvaqt aniqlash va ularni tegishli idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️ Shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, gender tengligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishlarda tyutorlar zimmasidagi vazifalar atroflicha yoritib berildi.

☄️ Mazkur o‘quv-seminar tyutorlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish, shuningdek, talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirishga xizmat qildi.