


Gazi universiteti kutubxonasida bir millionga yaqin bosma kitob, jurnallar va 5 mingdan ortiq nodir qoʻlyozma asarlar, 100 mingga yaqin elektron kitoblar fondi mavjud. Institut rektori kutubxona faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxonaning ishlash tizimi toʻgʻrisidagi yoʻl-yoʻriqlar bilan tanishdi.
Kutubxonada oʻzbek tilidagi kitoblar burchagini tashkil qilish va unda Buxoro davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilarining oʻquv qoʻllanma va darsliklarini ham yetkazish masalalari boʻyicha, shuningdek, institut magistrlari va doktorantlari uchun kutubxonaning ochiq bazasidan foydalanish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.