


Buxoro davlat pedagogika instituti mezbonligida Britaniyaning Sussex Universiteti (https://www.sussex.ac.uk/) hamda Qozoq ayol pedagoglar tayyorlash milliy universiteti (https://nuu.uz/qozogiston-milliy-qizlar-pedagogika-universiteti/) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oʻrta Osiyoda ingliz tilini inkluziv oʻrgatishning boʻlajak pedagoglarini tayyorlash” nomli xalqaro professional workshop-traininglar ilmiy, metodik va innovatsion jihatdan boy dastur asosida o‘tkazildi.
Mazkur loyiha konsepsiyasi zamonaviy pedagogik paradigmaga — ta’limda inkluzivlik, interaktivlik va kompetensiyaviy yondashuv tamoyillariga tayanadi. Treninglar davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarni chuqurlashtirdi, balki real ta’lim jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan metodologik modellar, differensial o‘qitish strategiyalari, lingvodidaktik innovatsiyalar hamda inkluziv auditoriya bilan ishlashning ilmiy asoslangan mexanizmlarini o‘rgandilar.
📚 Ilmiy sessiyalarni olib borgan yetakchi mutaxassislar — Simon Thompson, Keith Perera, Tamsin Hinton-Smith, Julia Sutherland, Assel Kenzhetayeva va boshqa ekspertlar ilmiy muloqotlar, amaliy laboratoriyalar hamda kreativ pedagogik simulyatsiyalar orqali ishtirokchilarga xalqaro standartlarga mos innovatsion bilimlar taqdim etdilar.
🎓 Mazkur tashabbus nafaqat malaka oshirish loyihasi, balki mintaqaviy ilmiy integratsiya platformasi sifatida ham ahamiyat kasb etib, O‘zbekistonda inkluziv ta’lim ekotizimini rivojlantirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va global ta’lim makoniga faol integratsiyani ta’minlash yo‘lida muhim ilmiy-amaliy poydevor yaratdi.