


Buxoro davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Qozon davlat universitetiga malaka oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdilar. Mehmondo‘stona ruhda kutib olingan mehmonlar dastlab universitetning ta’lim tizimi, zamonaviy texnologik imkoniyatlari, darsxonalardagi yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Qiziqarli va innovatsion dars jarayonlarida faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar universitet hududida tashkil etilgan betakror muzeyni ham tomosha qildilar.