


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarori ijrosi doirasida “Kelajakka qadam” dasturi asosida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda:
O‘zmilliybank AJ “Kelajakka qadam” markazi bo‘lim boshlig‘i Erkinov Shohzamon Jamshidovich;
O‘zmilliybank AJ Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xasanov Sherzod Nuriddinovich;
institutning “Kelajakka qadam” markazi mutaxassislari;
Registrator ofisi mas’ullari hamda 400 nafarga yaqin bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
Seminar davomida talabalarga:
ishga joylashish imkoniyatlari;
biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
imtiyozli kreditlar va loyihalarni moliyalashtirish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur seminar yoshlarni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning kelajakdagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.