


Ayni paytda Buxoro shahrida Respublika pedagogika oliygohlari rektorlari, prorektorlari hamda kafedra mudirlarining “Kelajak uchun islohot: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola O‘ktamovna Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi.Forumda Kembrij universiteti professorlari, UNESCO hamda UNICEF vakillari ishtirok etib, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Quvonarlisi, ushbu xalqaro anjumanga Buxoro davlat pedagogika instituti mezbonlik qilmoqda. Forum doirasida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion tajribalarni ommalashtirish hamda kelajak avlod ta’lim-tarbiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.