


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari uchun 2025-yil 5-noyabrdan 5-dekabrgacha (2 hafta onlayn, 2 hafta oflayn) Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat pedagogika universitetida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
☄️✅ Shu munosabat bilan Biologiya kafedrasi mudiri A.Barotov hamda Fizika kafedrasi o‘qituvchisi S.Salimov mazkur universitetda o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etish bilan birga, Moskva davlat universiteti Biologiya fakultetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida samarali suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, Moskva davlat universiteti Biologiya fakulteti tomonidan Buxoro davlat pedagogika institutiga qimmatli kitoblar sovg‘a qilindi.