


Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ikkinchi bosqich tayanch doktoranti Boymurodova Nishona Yunusovna xalqaro til bilish darajasini aniqlovchi IELTS imtihonida 8.0 ball to‘plab, yuksak natijaga erishdi.
Mazkur muvaffaqiyat ilmiy izlanishlar va muntazam mehnatning yorqin natijasi bo‘lib, xorijiy tillar bo‘yicha chuqur bilim va yuqori malakani namoyon etadi. Ushbu natija nafaqat til kompetensiyasining yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi, balki ilmiy-pedagogik faoliyatni yanada rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochadi.
Institut rektori Bahodir Ma’murov ham ushbu yutuq bilan Nishona Yunusovnani samimiy tabriklab, uning kelgusi ilmiy izlanishlari va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Boymurodova Nishona Yunusovnani ushbu e’tiborga molik natija bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ilmiy tadqiqotlari, innovatsion g‘oyalari va ta’lim sohasidagi faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz.