Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti va Hacettepe universiteti o‘rtasida strategik aloqalar rivojlanmoqda

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti va Hacettepe universiteti o‘rtasida strategik aloqalar rivojlanmoqda
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti va Hacettepe universiteti o‘rtasida strategik aloqalar rivojlanmoqda

    Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi jamoani universitet rektori Mehmet Cahit Güran kutib oldi.

    Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Hacettepe universiteti (https://www.hacettepe.edu.tr/english/) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
    Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv sohalarida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Hujjat doirasida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro loyihalarda hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

    Hacettepe universiteti dunyoning mashhur universitetlari QS reytingida 571-o‘rinda turadi. 50.000 ga yaqin talaba tahsil oladigan universitetda 17 ta fakultet, 15s institut, 98 ta tadqiqotlar markazi faoliyat yuritadi. 

    Ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•  professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi;
•  qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlar tayyorlash;
•  xalqaro seminarlar, konferensiyalar va treninglar tashkil etish;
•  qo‘shma ta’lim dasturlari va qisqa muddatli kurslarni ishlab chiqish;
•  Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida hamkorlik.
•  Ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari hammuallifligida o’quv qo‘llanma va darsliklarni nashr qilish.
    Shuningdek, ikki oliygoh oʻrtasida Orhun dasturi boʻyicha hamkorlik shartnomasi ham imzolandi. 
    Shuningdek, universitetda Oʻzbek tili markazini ochish boʻyicha kelishuvga erishildi. 

    Memorandumlar Buxoro davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va global akademik maydonga integratsiyalashuv yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Hacettepe universiteti bilan o‘rnatilgan ushbu hamkorlik pedagogika, tilshunoslik, ta’lim texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda samarali natijalar berishi kutilmoqda.