


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-7735323) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7760407) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida muhim vazifalar belgilangan.
✔️ Mazkur hujjatlarga asosan, 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning hamda ularning oila a’zolarining census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishi belgilangan.
➡️ Shuningdek, Nizom talablariga muvofiq, vazirliklar, idoralar, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlari:
🔍 xodimlar va ularning oila a’zolarining internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
🔍 ro‘yxatdan o‘tish jarayonining to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash
bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.
☄️✅ Yuqoridagilardan kelib chiqib, Buxoro davlat pedagogika institutida ham mazkur Farmon va Qaror ijrosini ta’minlash, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Institut rahbariyati tomonidan xodimlarga va ularning oila a’zolariga census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, ushbu muhim davlat ahamiyatiga ega tadbirda faol ishtirok etishlari so‘raladi.