


Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan iqtidorli sportchilar — Jumaboyev Jamol va Barnoyev Behruz bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sportchilarning musobaqadagi yuksak natijalari, ularning mehnati va mashaqqatli tayyorgarlik jarayoni alohida e’tirof etildi. Rektor tomonidan yosh sportchilarning erishgan yutuqlari institut jamoasi uchun faxr ekanligi ta’kidlanib, kelgusida ham ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom etishi qayd etildi.
Shuningdek, institutda sportni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni professional darajaga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham fikr almashildi.