Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

“My Paradise” — ranglar orqali ifodalangan ichki olam

  • Bosh sahifa
  • “My Paradise” — ranglar orqali ifodalangan ichki olam
Event Image

“My Paradise” — ranglar orqali ifodalangan ichki olam

    Buxoro davlat pedagogika institutida Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi Tasviriy va amaliy san’at mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari — Zikrillayeva Visola va Ergasheva Rayxonning ijodiy ishlariga bag‘ishlangan “My Paradise” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

    Ko‘rgazmada magistrantlar tomonidan moybo‘yoq texnikasida yaratilgan rangtasvir asarlari namoyish etildi.

Asarlarda:
✅ milliy muhit va sharqona hayot tarzi,
🎨 ranglar uyg‘unligi,
🖼 kompozitsion yechimlarning aniqligi,
🌤 yorug‘lik va soya munosabatlarining nozik tasviri
orqali mualliflarning badiiy mahorati yaqqol aks etdi.

🤝 Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va san’at ixlosmandlari ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, yosh ijodkorlarning individual badiiy yondashuvi va ijodiy izlanishlariga yuqori baho berdilar.

    Ushbu ko‘rgazma yosh rassomlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda milliy tasviriy san’at an’analarini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.