


Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ilm-fan va ta’lim sohasini izchil rivojlantirish, yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida olib borilayotgan samarali faoliyat munosib e’tirof etildi.
☄️✅ Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda institut matbuot kotibi ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida ko‘rsatgan fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va ta’lim-tarbiya jarayonidagi munosib hissasi uchun Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Tashakkurnomalarni institut rektori B.B.Ma'murov topshirdi.
Bu kabi yuksak e’tirof va ishonchlar professor-o‘qituvchilar hamda jamoa a’zolarini kelgusida ham ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘lida yanada katta mas’uliyat bilan faoliyat yuritishga undaydi.