


Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Gazi universiteti professorlari Dr. Bülent Aksoy, Dr. Omer Turksever ve Dr. Halil Tokcan Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashishdi. Uchrashuvda ikki oliy taʼlim dargohlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ikki oliygoh oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, yozgi maktab dasturini yuqori darajada olib borish, Orhun dasturi asosida faol talabalar oʻqishini tashkillashtirish yuzasidan muhim kelishuvga erishildi.