


Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan bayram dasturi davomida (https://t.me/bukhspi/43416) yil davomida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda jamoatchilik faoliyatida yuksak mas’uliyat, fidoyilik va tashabbuskorlik bilan samarali xizmat ko‘rsatgan ustoz va xodimlar munosib taqdirlandilar.
Mazkur tantanali marosim institut jamoasining professional salohiyati, ilmiy izlanishlari, pedagogik mahorati va jamoatchilikdagi faolligini e’tirof etish, ularning mehnatini qadrlashga qaratildi.
🏅 Taqdirlash quyidagi nominatsiyalar asosida amalga oshirildi:
🏆 Yilning eng yaxshi ma’naviy–ma’rifiy va jamoatchilikda faol o‘qituvchisi — yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgani uchun;
🏆 Yilning eng yaxshi ilmiy ishlarida faol o‘qituvchisi — ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va innovatsion g‘oyalari bilan ajralib turgani uchun;
🏆 Yilning eng yaxshi o‘quv ishlarida faol o‘qituvchisi — o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va ta’lim sifatini oshirishdagi hissasi uchun;
🏆 Yilning eng yaxshi xalqaro hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan faol o‘qituvchi — xalqaro aloqalarni rivojlantirish va tajriba almashuvini kengaytirgani uchun;
🏆 Yilning eng yaxshi tyutori — talabalar bilan individual ishlash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaganligi uchun;
🏆 Yilning eng yaxshi kafedrasi — jamoaviy hamjihatlik, ilmiy va o‘quv natijalari bilan yetakchilik qilgani uchun;
🏆 Yilning eng yaxshi guruh rahbari — talabalarning tarbiyasi, intizomi va ijtimoiy faolligiga munosib hissa qo‘shgani uchun;
🏆 Yilning eng yaxshi xodimi — halol mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan jamoaga namuna bo‘lgani uchun.
✨ Ushbu e’tiroflar — ustoz va xodimlarning mashaqqatli mehnati, kasbiga sadoqati va institut taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasining yorqin ifodasidir.
👏 Barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, cheksiz ilhom va kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!