


Mazkur tadbirda Buxoro davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i O.Sobirov va institutning iqtidorli talabalari faol ishtirok etishdi. Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida o‘tkazilgan tadbir davomida hudud iqlimiga mos keladigan manzarali daraxtlar va buta ko‘chatlari o‘tqazilib, yangi yashil hududlar barpo etilmoqda.
Jarayon davomida O.Sobirov Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Orinbayev Amanbay Tleubayevich bilan uchrashdi. Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi hamda o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhiti
yaratildi.Talabalarning ko‘chat ekish jarayoni aks etgan fotolavhalar ushbu tashabbusning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etadi.