Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Bosh sahifa
  • Talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi
Event Image

Talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi

✅ Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari podpolkovnik X. Abdullayev hamda kapitan H. Hayitova ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.

🔴Uchrashuvda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqbuzarlikning oldini olish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilar jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uning oldini olish yo‘llari haqida talabalarga batafsil tushuntirish berishdi. Ushbu tadbir yoshlarni huquqiy ong va mas’uliyatni yanada oshirishga undaydi.