


Buxoro davlat pedagogika instituti “Xorijiy til va adabiyot: Koreys tili” yo‘nalishi sizni xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan, zamonaviy til kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitiga taklif etadi.
Ta’lim yo‘nalishi: 60110900 — Xorijiy til va adabiyot: Koreys tili
Sizni zamonaviy ta’lim, xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar kutmoqda:
Koreys tilini professional darajada o‘rganish;
Koreya tarixi, madaniyati va adabiyotini chuqur o‘zlashtirish;
Zamonaviy lingafon va multimedia xonalari;
Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar;
Xalqaro almashinuv va akademik mobillik dasturlari;
TOPIK xalqaro sertifikatiga tayyorgarlik;
Tarjimonlik, o‘qituvchilik va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritish imkoniyati;
Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalarda ishtirok etish.
Koreys tilidan boshlang, dunyo sari qadam tashlang!