Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Do‘stlik va Madaniyat: Qoraqalpoq Madaniyati Kuni Buxoro Davlat Pedagogika Institutida

  • Bosh sahifa
  • Do‘stlik va Madaniyat: Qoraqalpoq Madaniyati Kuni Buxoro Davlat Pedagogika Institutida
Event Image

Do‘stlik va Madaniyat: Qoraqalpoq Madaniyati Kuni Buxoro Davlat Pedagogika Institutida

    Buxoro davlat pedagogika institutida Qoraqalpoq madaniyati kunlari doirasida “Do‘stlik” shiori ostida “Qoraqalpoq madaniyat kuni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir qizg‘in ruhda davom etmoqda. Tadbir ishtirokchilarga Qoraqalpoq xalqining boy milliy an’ana va urf-odatlari, qadriyatlari hamda o‘ziga xos madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratmoqda.

    Tadbir jarayonida milliy liboslar namoyishi, folklor chiqishlari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar hamda madaniy taqdimotlar orqali ishtirokchilar Qoraqalpoq xalqining tarixiy merosi va san’ati bilan tanishmoqda. Bu madaniy uchrashuv turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

    Shuningdek, tadbir doirasida “Milliy taomlar” festivali ham tashkil etildi. Ushbu festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasining betakror oshxona namunalari — “Besh barmoq”, “Mayek borek”, “Juguri kurtik”, “Tuxum barak” kabi an’anaviy taomlar ayol professor-o‘qituvchilar hamda Qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan birgalikda tayyorlandi.

    Mazkur samimiy tashabbuslar yoshlar qalbida millatlararo do‘stlik, madaniyatlararo muloqot va umumiy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga qaratilgan. Ayni damda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ishtirokida madaniy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

    Institutning Faollar zalida mehmon talabalar o‘zlarining milliy chiqishlari, raqs va sahna ko‘rinishlari orqali boy madaniyatini namoyish etishmoqda. Tadbir do‘stlik, hamjihatlik va millatlararo totuvlik ruhida davom etmoqda hamda yoshlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.