


Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B.B.Ma’murov va Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri R.A.Achilova Berlinda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Germaniya universitetlari forumi doirasidagi xizmat safari davomida Germaniyaning Myunxen (München) shahrida joylashgan eng yirik ilmiy-ma’rifiy maskanlaridan biri — Bayerische Staatsbibliothek(Bavariya Davlat Kutubxonasi)ga tashrif buyurdilar.
Delegatsiyani dunyoga tanilgan o‘zbek olimi, turkologiya va Markaziy Osiyo tarixshunosligining yirik vakili, hozirda AQShning Michigan shtatidagi Koç Universitetining (Koç University, Michigan Campus) professori sifatida faoliyat olib borayotgan vatandoshimiz Timur Kocaoğlu kutib oldi. U mehmonlarni kutubxonaning noyob qo‘lyozmalar fondi, turkiy manbalar bo‘yicha eng katta to‘plamlar, zamonaviy elektron ilmiy resurslar va raqamli arxivlar bilan tanishtirdi.
Kutubxona rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida BuxDPI uchun elektron ilmiy resurslarga keng kirish, raqamli bazalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va ma’rifiy almashinuv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.