shape
shape

Sport – sog‘lom hayotning ajralmas qismi!

  • Bosh sahifa
  • Sport – sog‘lom hayotning ajralmas qismi!
Event Image

Sport – sog‘lom hayotning ajralmas qismi!

Xabar berganimizdek bugun 6-may kuni Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan sport tadbirlari ertalabdan yuqori ruhda boshlandi.
Ayni damda ertalabgi yurish hamda badantarbiya mashqlari faol tarzda davom etib, ishtirokchilarga tetiklik va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. Shu bilan birga, turli sport o‘yinlari ham qizg‘in ruhda o‘tkazilib, talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlamoqda.
Mazkur tadbirlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va barchaga ijobiy energiya ulashishga xizmat qilmoqda.