


Buxoro davlat pedagogika instituti Registrator ofisi tomonidan o‘tgan bir yil davomida talabalar va professor-o‘qituvchilarga qulay hamda shaffof xizmat ko‘rsatish maqsadida qator muhim ishlar amalga oshirildi. Mazkur davr mobaynida ofis faoliyati ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, talabalar hujjatlarini yuritish, akademik jarayonlarni muvofiqlashtirish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 73-sonli buyrug‘i hamda institut rektorining 2025-yil 4-martdagi 92-U-sonli buyrug‘i asosida institutda Registrator ofisi o‘z faoliyatini boshladi.
📌 Bir yil davomida Registrator ofisi tomonidan:
✅ 75 turdagi xizmatlar ko‘rsatildi
✅ 11 717 nafar fuqaro, talaba hamda professor-o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatildi
❗️ Sektorlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlar:
✅ Talabalarga xizmat ko‘rsatish sektori – 15 turdagi xizmat, 5248 ta murojaat
✅ Ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha xizmatlar – 8 turdagi xizmat, 241 ta murojaat
✅ Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha xizmatlar – 14 turdagi xizmat, 74 ta murojaat
✅ Buxgalteriya va marketing bo‘yicha xizmatlar – 9 turdagi xizmat, 4289 ta murojaat
✅ Statistik ma’lumotlarni yuritish sektori – 8 turdagi xizmat, 942 ta murojaat
✅ O‘quv jarayonini muvofiqlashtirish sektori – 14 turdagi xizmat, 281 ta murojaat
✅ Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori – 7 turdagi xizmat, 642 ta murojaat
📌 Shuningdek, 1 yil davomida talabalarga tegishli 17 turdagi 852 ta buyruq rasmiylashtirildi.
✅ Registrator ofisi institutda talabalar va professor-o‘qituvchilarga qulay, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynamoqda.Ushbu bir yillik samarali faoliyatni amalga oshirishda ko‘rsatgan amaliy yordami va hamkorligi uchun institut rahbariyati, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlariga Registrator ofisi jamoasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz.