shape
shape

Xalqaro hamkorlik sari yana bir muhim qadam!

  • Bosh sahifa
  • Xalqaro hamkorlik sari yana bir muhim qadam!
Event Image

Xalqaro hamkorlik sari yana bir muhim qadam!

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov hamda Ushinskiy nomidagi Yaroslavl davlat pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Mixail Vadimovich Gruzdev o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, xalqaro konferensiyalar, seminar va treninglarni tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar pedagogik ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda yosh kadrlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.Ushbu memorandum Buxoro davlat pedagogika institutining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.