Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining institut bosqichi davom etmoqda!

  • Bosh sahifa
  • 🎭 “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining institut bosqichi davom etmoqda!
Event Image

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining institut bosqichi davom etmoqda!

✅ Buxoro davlat pedagogika institutida kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining institut bosqichi qizg‘in ruhda o‘tkazilmoqda.

    Ayni paytda sahnada Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari o‘z ijodiy jamoalari bilan ishtirok etib, “Ko‘ngil” nomli sahna asarini namoyish etdilar.  Spektakl davomida yoshlar insoniy tuyg‘ular, do‘stlik va mehr-oqibat kabi dolzarb mavzularni yuksak badiiy saviyada yoritib berdilar. Tomoshabinlar esa talabalarning iste’dodi, sahnadagi jonli ijrosi va ijodkorlik mahoratiga yuqori baho berdilar. 

    Mazkur tanlov institut miqyosida iqtidorli yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda sahna madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.