


Buxoro davlat pedagogika institutida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida “Dilkushо” tennis kortida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tennis sport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori mahorat, chaqqonlik va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.