Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti vakillari Kiberxavfsizlik klubiga qabul qilindi.

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti vakillari Kiberxavfsizlik klubiga qabul qilindi.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti vakillari Kiberxavfsizlik klubiga qabul qilindi.

    Buxoro davlat pedagogika instituti vakillari kiberxavfsizlik sohasida tashkil etilgan maxsus klubga muvaffaqiyatli tarzda a’zo bo‘lishdi. Mazkur tashabbus axborot xavfsizligi yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, yoshlarning kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

    Klubga qabul jarayoni ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovlaridan o‘tishdi. Ikkinchi bosqichda esa saralangan nomzodlar bilan mutaxassislar tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkazildi.

    Saralash jarayonlari yakuniga ko‘ra institutdan bir nafar talaba-qiz hamda uch nafar xodim ushbu klub a’zoligiga qabul qilindi. Ularning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va salohiyati yuqori baholanib, klub faoliyatida ishtirok etish imkoniyati berildi.

    Mazkur a’zolik institutda kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot xavfsizligi bilimlarini keng targ‘ib qilish hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Institut jamoasi yangi a’zolarni ushbu yutuq bilan tabriklaydi va ularning kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.