shape
shape

2026/2027-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlarini o‘tkazish jadvali e'lon qilindi

  • Bosh sahifa
  • 2026/2027-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlarini o‘tkazish jadvali e'lon qilindi
Event Image

2026/2027-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlarini o‘tkazish jadvali e'lon qilindi

Buxoro davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilish jadvali e’lon qilindi

Buxoro davlat pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilish jadvalini e’lon qiladi:

🔴 Jismoniy madaniyat
🔴 Musiqa ta’limi
🔴 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
🔴 Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 7–10-iyul kunlari tasdiqlangan jadval asosida quyidagi manzillarda o‘tkaziladi.

📅 Imtihonlar jadvali

🏃 Jismoniy madaniyat (o‘zbek)

📅 Imtihon sanasi: 2026-yil 8-iyul
👥 Abituriyentlar soni: 297 nafar

📍 Imtihon manzili:
Sitora sport maydoni (Viloyat sport boshqarmasi)
Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi, 15-uy.

📌 Lokatsiya:
https://maps.app.goo.gl/shTMb4JbEmCR9e2f8?g_st=it


🎼 Musiqa ta’limi

📅 Imtihon sanasi: 2026-yil 7-iyul
👥 Abituriyentlar soni: 56 nafar

📍 Imtihon manzili:
Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi
Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 2-uy.

📌 Lokatsiya:
https://maps.app.goo.gl/Snrq64xYxiu9B2nQ9


🎨 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

📅 Imtihon sanasi: 2026-yil 7-iyul
👥 Abituriyentlar soni: 46 nafar

📍 Imtihon manzili:
Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi
Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 2-uy.

📌 Lokatsiya:
https://maps.app.goo.gl/Snrq64xYxiu9B2nQ9


🪖 Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

📅 Imtihon sanalari: 2026-yil 9–10-iyul

9-iyul – 150 nafar abituriyent
10-iyul – 129 nafar abituriyent

📍 Imtihon manzili:
Sitora sport maydoni (Viloyat sport boshqarmasi) hamda Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakulteti.

📌 Lokatsiya:
https://maps.app.goo.gl/cHnVmgAR9bgrpBxS7?g_st=it

📌 Muhim eslatmalar

✅ Imtihonga pasport yoki ID karta hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish majburiy.

✅ Belgilangan vaqtda kelmagan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi va keyingi bosqichlarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Jismoniy madaniyat hamda Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari sport kiyimi va zarur sport anjomlari bilan kelishlari lozim.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi abituriyentlari:

  • "Rang tasvir" fanidan akvarel bo‘yoq va mo‘yqalam;

  • "Chizmachilik" fanidan zarur chizmachilik anjomlarini olib kelishlari shart.

Musiqa ta’limi yo‘nalishi abituriyentlari "Cholg‘u ijrochiligi" fanidan o‘z cholg‘u asboblari bilan kelishlari zarur.

📎 Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning batafsil jadvali mazkur yangilikka ilova qilinadi.

🖥 Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturlari bilan institutning rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin: https://buxdpi.uz/

Buxoro davlat pedagogika instituti barcha abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda muvaffaqiyat tilaydi!