Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Event Image

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    ✍️O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyurgan shoir va yozuvchilarni institut talabalari iliq kutib oldilar. Ular talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy qo‘llanmalar bilan tanishib, yosh ijodkorlarning ijodiy ishlanmalariga yuksak baho berdilar.

    Mehmonlar, shuningdek, institutda talabalarga yaratilgan zamonaviy ta’lim, ilmiy izlanish va ijodiy faoliyat uchun keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘quv jarayonining yuqori saviyada tashkil etilgani, kutubxona va axborot-resurs markazining boy adabiy fondi, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan ijodiy muhit va zamonaviy sharoitlarni yuksak baholadilar.

    Mehmonlar, shuningdek, institutda talabalarga yaratilgan ta’lim va ijodiy sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, ularning imkoniyatlaridan mamnunlik bildirdilar. Tadbir davomida ustoz ijodkorlar va talaba-yoshlar o‘rtasida she’riy mushoira o‘tkazilib, samimiy muloqot, badiiy chiqishlar va ilhomli so‘zlar kechaga alohida ruh bag‘ishladi. 

    Uchrashuv yoshlar qalbida adabiyotga, ijodga va milliy qadriyatlarga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, ularni ma’naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.