Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan seminar tashkil etildi

  • Bosh sahifa
  • Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan seminar tashkil etildi
Event Image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan seminar tashkil etildi

    Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini taqdim etdi. 

    Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari hamda ta’lim, pedagogika, yoshlar siyosati va sport kabi ko'plab sohalarga oid muhim vazifalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

    Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida mazkur Murojaatnoma mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning pedagogik ta’lim va ilmiy faoliyatdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.

    Seminar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni amaliyotga joriy etish, pedagogika sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda ilmiy izlanishlarni rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

    Mazkur seminar Prezident Murojaatnomasining mazmunini chuqur anglash, belgilangan vazifalarni oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga samarali tatbiq etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.