Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

    Buxoro davlat pedagogika institutida ustozlar, jamoat arboblari hamda iqtidorli yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur uchrashuv turli avlod vakillari o‘rtasida tajriba almashish, yoshlarni ilm-fan va ma’naviyatga undash, ularda Vatanga sadoqat hamda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.

    Tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Sharipova Laylo Frunzeyevna ishtirok etib, o‘zining boy ilmiy va pedagogik tajribasi, ustoz-shogird an’analarining ahamiyati hamda yoshlarning ilm-fan yo‘lida izlanish olib borishlari zarurligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. U kishi o‘z nutqida bilim va tarbiya uyg‘unligi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini ta’kidladi.

    Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi raisi, Viloyat kengashi deputati, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori To‘yeva Zulfiya Nozimovna ham qatnashib, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

    Tadbirning yana bir ishtirokchisi — Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Ergashova Mehriniso Husniddin qizi o‘zining ta’lim jarayonidagi yutuqlari, ilmiy izlanishlari hamda ushbu nufuzli mukofotga erishish yo‘lida orttirgan tajribasi haqida so‘zlab berdi. U yoshlarni bilim olishdan to‘xtamaslikka, katta maqsadlar sari intilishga hamda o‘z ustida tinimsiz ishlashga da’vat etdi.

    Uchrashuv davomida ustozlar, jamoat arboblari va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tajribali mutaxassislardan foydali maslahatlar oldilar. Tadbir yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, turli avlod vakillarining tajribasi va qarashlari o‘zaro uyg‘unlashgan muhim ma’naviy-ma’rifiy muloqot maydoniga aylandi.

    Mazkur “Uch avlod uchrashuvi” yoshlarni ilm-fan, ma’naviyat va jamiyat hayotida faol bo‘lishga undash, ustozlar tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda ular o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.