


Buxoro davlat pedagogika instituti rahbariyatining pedagog-xodimlar bilan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2026-yilda bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan o‘zaro uchrashuvi tashkil etildi.
💫 Mazkur uchrashuvda institut prorektorlari, reja-jadvalga muvofiq Aniq va tabiiy fanlar fakulteti hamda Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
📚 Uchrashuv davomida 2025-yil mobaynida fakultet va kafedralarda amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shuningdek, raqamli va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi. Erishilgan natijalar bilan bir qatorda, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
🎓 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy maqolalar chop etish faolligini kuchaytirish, xalqaro reytinglar va indeksatsiyalangan ilmiy jurnallarda nashrlar sonini ko‘paytirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
✅ Muhokamalar jarayonida pedagog-xodimlar tomonidan 2025-yil davomida duch kelinayotgan muammolar, jumladan, o‘quv yuklamalarini maqbullashtirish, ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Institut rahbariyati tomonidan mazkur takliflar asosida tegishli topshiriqlar berilib, masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuvda 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar sifatida ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish, raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog-xodimlarning kasbiy rivojini ta’minlash masalalari belgilab olindi.